Ishchi guruh faoliyati: Termizlik xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi
13.05.2022, 16:54

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati va Termiz shahar Kengashi, mahalliy kengash deputatlari, shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsad ijrosini ta’minlash hamda “Namunali tomorqachi” loyihasi asosida “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili orqali mahallalarda aniq bir ekin turiga ixtisoslashtirilgan mahsulotlar yetishtirilishi bo‘yicha uyma-uy yurib o‘rgandi.
O’rganishlar davomida ishchi guruh a’zolari Termiz shahar "Namuna" mahallasida bo‘lib, u yerda aholi xonadonlarning tomorqalari ko‘zdan kechirildi. Ushbu mahallada istiqomat qilib kelayotgan imtiyozli kredit olib hozirda oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan Karomat Qodirova va Shoira Rahimovalarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek "Mehrobod" mahallasida imtiyozli kreditlar orqali o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar bilan ham suhbat o‘tkazildi. Xususan, tijorat banklari tomonidan "Ayollar daftari"da turgan Nurmaxmatova Shaxnozaga 21 mln. so‘m miqdorida, Karayeva Xosiyat opaga 26.5 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratib berilgan bo‘lib, hozirda nonvoychilik yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ishchi guruh vakillari ushbu xotin-qizlarning faoliyatini kengaytirishda ko‘makchi bo‘lishligini bildirdi.
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
27.06.2022, 18:11
-
Bandixonda 26 nafar ishsiz xotin-qiz kasb-hunarli bo‘ldi
27.06.2022, 17:59
-
Partiyaning ishbilarmon ayoli aniqlandi
27.06.2022, 16:45
-
O’zLiDeP faoli 131 nafar ayolni ishli qildi
27.06.2022, 14:58
-
“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
24.06.2022, 16:05
Fikringizni qoldiring