Moliya institutining 20 nafar talaba yoshlari partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

13.05.2022, 16:55

Moliya institutining 20 nafar talaba yoshlari partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratilmoqda. O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Yunusobod tuman Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent davlat Moliya institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollari, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Yangi O’zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” shiori atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali va tizimli tashkil etish partiya oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir savol-javoblar tarzida qizg‘in o‘tdi. Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 20 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    593
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+