Malakali va talabchan o‘qituvchilar mehnati qadrlanmoqda

13.05.2022, 18:50

Malakali va talabchan o‘qituvchilar mehnati qadrlanmoqda

O’zbekiston Liberal–demokratik partiyasi dasturida hamda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda o‘qituvchilarning o‘rni va roli alohida ahamiyatga ega.

Partiyaning Namangan viloyat Kengashi tomonidan Namangan shahridagi 4- hamda 46-maktablarda faoliyat olib borayotgan malakali va talabchan o‘qituvchilar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Taraqqiyot strategiyasining 42-masadda 2026 yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish, milliy o‘quv dasturiga asosan 2026 yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan 2022 yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish, Elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026 yilga qadar jami 769 ta videodars yaratish, umumta’lim maktablarida darslik va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimini joriy etish borasida vazifalar ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirib borish, o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda malakani baholash metodikasi asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish borasida ham aniq vazifalar belgilab berilganligi aytib o‘tildi.

Tadbirda o‘qituvchilar ham o‘z sohalaridan kelib chiqqan holda taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    514
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+