Baliqchida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining g‘oliblari aniqlandi
16.05.2022, 15:17

Andijonda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Baliqchi tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 18 ga yaqin tadbirkor ayol o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.
– Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faol ishtiroki bugungi zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratmokda, – deydi, O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nafisa Xakimova – Bugungi ko‘rik-tanlov ham ana shu maqsad yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Tanlov hakamlari xotin-qizlarning qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqargani, aholiga xizmat ko‘rsatishning ixtisoslashganiga qarab baholashdi. Quvonarlisi shundaki, tanlov davomida tadbirkor ayollar o‘zaro tajriba almashish imkoniga ham ega bo‘lishdi.
Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Baliqchi tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYda faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor, dizayner va fermer Qo‘chqorova E’zozaxon egalladi.
Bundan tashqari tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan 3 nafar xotin-qizlar turli nominatsiyalar bo‘yicha darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
27.06.2022, 18:11
-
Bandixonda 26 nafar ishsiz xotin-qiz kasb-hunarli bo‘ldi
27.06.2022, 17:59
-
Partiyaning ishbilarmon ayoli aniqlandi
27.06.2022, 16:45
-
O’zLiDeP faoli 131 nafar ayolni ishli qildi
27.06.2022, 14:58
-
“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
24.06.2022, 16:05
Fikringizni qoldiring