“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Guliston shahar bosqichi o‘tkazildi

16.05.2022, 15:20

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Guliston shahar bosqichi o‘tkazildi

O’zLiDeP Guliston shahar Kengashi «Ayollar qanoti» guruhi tomonidan «Ishbilarmon ayol» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarining ko‘rgazmasini namoyish etib, ishlab chiqargan mahsulotlari, tadbirkorlik faoliyatlari haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, ishtirokchilarni baholashda xotin-qizlar uchun qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratilganligi, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga asoslanganligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xaridorgirligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, shahardagi "Start Lady" ishlab chiqarish kooperativi rahbari Dilshoda Mamatqulova g‘olib deb topilib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari O’zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi

O’zLiDeP Sirdaryo  viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    385
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+