“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Jizzaxdagi “Sambhram” universitetida uchrashuv tashkil etildi
16.05.2022, 15:24

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi tashabbusi bilan “Sambhram” universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘miatsi raisining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Sardorbek G’iyosov, partiya Jizzax viloyat Kengashi faollari, mahalliy Kengash deputatlari hamda oliygoh professor o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.
Hindistonliklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan va IT yo‘nalishidagi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan mazkur universitet nodavlat xorijiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, universitetda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, ingliz tilida hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
2021-2022 o‘quv yilida universitetning 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 2 ta magistratura mutaxassisliklarida 1501 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning zamon talablari darajasida bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Uchrashuv uchun aynan mazkur oliygoh tanlangani ham bejiz emas.
Taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish, raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy ob’ektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish, iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026 yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish vazifalari belgilab berilgan.
Ushbu ulug‘vor maqsad va vazifalarni amalga oshirish esa, avvalambor, yetuk, bilimli mutaxassislarga bog‘liq.
Muloqot davomida talabalarga Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish borasida partiya faollari, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, yangi tashabbuslar haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, O‘zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Partiya safiga kirish istagida bo‘lgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Bosh qomusimizning Muqaddimasida yoshlar huquq va erkinliklarini aks ettirilishi biz uchun sharaf
27.06.2022, 18:02
-
“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
24.06.2022, 17:07
-
Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim
20.06.2022, 18:10
-
Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan 35 nafar gurlanlik yoshlar yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan tanishdi
20.06.2022, 16:34
-
Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch
15.06.2022, 13:19
Fikringizni qoldiring