O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

16.05.2022, 15:25

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardorbek G’iyosov ham ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda partiya viloyat, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan joriy yilning to‘rt oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, O’zLiDeP Dasturi, Saylovoldi platformasi, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat Dasturida belgilab berilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash borasida jizzaxlik maslakdoshlar va deputatlar tomonidan e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq, dunyoda, yurtimizda shiddat bilan rivojlanayotgan jarayonlar partiya faollariga, deputatlarga katta mas’uliyat yuklamoqda. Barchadan nafaqat faollikni, balki o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondashishi, tashabbuskorlikni ham talab qilmoqda.

Yig‘ilishda o‘tgan vaqt davomidagi siyosiy faoliyat shahar va tumanlar kesimida tahlil qilib chiqildi. Umumnatijaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim tuman, shahar Kengashlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan sustkashlik sabablari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Siyosiy o‘quv, targ‘ibot jarayonlarida partiyaning bosh nashri bo‘lgan, “XXI asr” gazetasining o‘rnini kuchaytirish, gazetani maslakdoshlarimiz orasida ommalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Xo‘sh, ularni bartaraf etish yuzasidan qanday aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak? Aynan shu savolga atroflicha javob izlandi. Faollik ko‘rsatayotgan, yuqori natijalarga erishayotgan tuman partiya Kengashlari tajribasini ommalashtirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishchanlik, tanqidiy-tahlil va ochiq muloqot ruhida o‘tgan  yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, kelgusida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+