Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi

16.05.2022, 15:28

Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi

Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaligining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Samarqand tumanida deputatlik guruhining eshituvi o‘tkazildi.

Eshituvda Prezident qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i R.Xidirovning axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, Samarqand tumanida qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan auksion orqali 2025 yilga qadar 447 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga ajratib berilishi belgilangan. Bu borada 2022 yil 24 yanvardagi Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining sessiyasida deputatlar ishtirokida muhokama qilinib, tuman Kengashi qarori qabul qilingnan.

Jumladan, joriy yilda 179 gektar, 2023 yilda 120 gektar, 2024 yilda 87 gektar va 2025 yilda esa 61 gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaliklariga auksion orqali 0,25 gektardan 1,0 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda ajratilishi belgilangan.

Bugungi kunda joriy yil hisobidan jami 187 gektar yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarilgan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qaror ijrosini ta’minlashda ayrim muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish qarori bilan O’zLiDeP faollari va deputatlardan iborat ishchi guruhi tuzilib, 10 kun davomida har bir lotlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan deputatlik guruhining qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+