Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi

16.05.2022, 15:31

Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi

Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.

Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda 15 may Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan G’ishtko‘prik mahallasi xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda "Farovon oila sari" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida 15-IDUM o‘qituvchilari va bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida baxtli hayot formulasini yaratish borasida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida bir guruh ibratli oila sohibalariga deputatlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+