Qo‘shma majlis yakunlari bo‘yicha O'zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitov brifing o‘tkazdi
17.05.2022, 12:23

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakatimiz konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va yangililanishlarni kiritish borasidagi taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Ushbu bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalari yuzasidan O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing o‘tkazdi.
O'zLiDeP yetakchisi o‘z nutqida partiyaning dasturida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilganini alohida e’tirof etib o‘tdi.
- Konstitutsiyani takomillashtirish masalasi o‘tgan yilgi saylovoldi jarayonlarida partiyamizdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod hamda ishonchli vakillarning aholi bilan uchrashuvlarida qariyb barcha hududlarda saylovchilarimiz tomonidan ko‘tarilgan. Xususan, saylovoldi uchrashuvlarida inson huquqlarini mustahkamlash, tadbirkorlik kafolatlarini yanada kuchaytirish, fuqarolik jamiyatini, mahalla, oila institutini rivojlantirish, davlatning ijtimoiy muammolarni hal etishga mas’ulligini oshirish, yoshlar, keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ilm-fanni yangi bosqichga ko‘tarish, ekologiya, ona tabiatni asrash borasidagi huquqiy normalarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar bildirilgan.
Mazkur takliflar zamirida aslida xalqimizning orzu-istaklari mujassam. Shu boisdan bu takliflarni aslida xalqimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi.Ko‘p millatli mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida Xalqimiz o‘z ertasini bugungi islohotlar zamirida ekanligini allaqachon chuqur anglab yetdi deyishga to‘la asoslarimiz bor.
Ushbu masalada O’zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan siyosiy partiya fraksiyalaridan biri bo‘lmish “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi bilan birgalikda hamfikr ekanligi yana bir bor ushbu o‘zgarishlar aholining aksariyat qismi orzu-intilishlariga mos ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.
Shulardan kelib chiqqan holda, yig‘ilish qaroriga muvofiq O’zLiDeP fraksiyasi konstitutsiyaviy islohotlarni boshlash masalasini Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma majlisiga kiritishni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlaydi, - deydi A. Xaitov.
O'xshash yangiliklar
-
Inson qadrini yuksaltirish davlat hokimiyati organining konstitutsiyaviy burchi bo‘lmog‘i kerak
29.06.2022, 17:53
-
Umumxalq muhokamasida norinliklar ham faollik ko‘rsatmoqda
29.06.2022, 17:51
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflar berildi
29.06.2022, 17:50
-
Bosh qomusimizda o‘lim jazosini bekor qilish belgilanmoqda
29.06.2022, 17:48
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi Navoiyning eng olis hududida tashkil qilindi
29.06.2022, 17:40
Fikringizni qoldiring