O'zLiDeP ishchi guruhlari faoliyati tahlil qilindi
17.05.2022, 18:34

Bugun O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari va partiyaning hududiy kengashlari ishtirokida videokonferensiya shaklidagi onlayn muloqot tashkil qilindi.
Tadbirda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuzilgan partiya ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha hisobot berib o‘tishdi.
O’tgan vaqt davomida partiya ishchi guruhlari tomonidan taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli ravishda ishlar tashkil qilinyapti.
Xususan, hududlar kesimida joylarda tadbirkorlik (oilaviy tadbirkorlik)ni rivojlantirish, 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish, biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni o‘rganish, qishloq xo‘jaligiga intensiv rivojlanish mexanizmlari, fermer va dehqonlarning daromadlarini oshirish yo‘llarini joriy qilishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb qilish holati ustidan doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga ijtimoiy sohani amalga oshirish ya’ni xotin-qizlar va yoshlar masalasi ham eng muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi. Bu borada joylarda, ayniqsa eng chekka qishloqlarda bir qator partiyaviy loyihalar hamda tadbirkorlik sub’ektlariga biznes turlar tashkil qilinyapti. Bu orqali ishsiz xotin-qizlar, yoshlar turli kasb-hunarlarga o‘qitilib, o‘z bizneslarini boshlashdi va bandligini ta’minlashga erishildi.
Shuningdek davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot, ma’naviyat va umumbashariy muammolar yo‘nalishida ham partiya ishchi guruhlari tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganishlarda tegishli vazirlik va idoralarning axborotlari tinglanib, partiya elektorati bilan sohadagi kamchiliklar muhokama qilinyapti, tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilmoqda. Mazkur takliflar doimiy ravishda vazirliklarga berib borilmoqda.
Tadbirda taraqqiyot strategiyasida belgilangan ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashda tizimli ravishda samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchilari ish samaradorligini yanada oshirish masalasi bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
O'zLiDeP matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh tahlili: 314 ming fuqaroga dehqon xo‘jaliklari tashkil qilish uchun 62 ming gektar yer uchastkalari ajratildi
08.06.2022, 14:23
-
O’zLiDeP ishchi guruhi Yashnobodda: nasos chiqaradigan suvni daraxtlar tagidan oqizishning iloji bormi?
03.06.2022, 16:54
-
Xatirchida chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi
27.05.2022, 11:12
-
O'zLiDeP ishchi guruhi hududlarda: Tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishildi
25.05.2022, 11:24
-
Ishchi guruh faoliyati: Izboskanlik xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi
18.05.2022, 14:12
Fikringizni qoldiring