Ishchi guruh faoliyati: Izboskanlik xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi

18.05.2022, 14:12

Ishchi guruh faoliyati: Izboskanlik xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi

O‘zLiDeP Izboskan tuman Kengashi, mahalliy kengash deputatlari, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsad ijrosini ta’minlash xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida  xondonma-xonadon yurib o‘rgandi.

O’rganishlar davomida ishchi guruh a’zolari Izboskan tumanidagi  “Ayollar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan “Istiqlol” MFYda yashovchi Shamsuddinova Dilnozaxon xonadonida bo‘lishdi. Tuman Xalq banki tomonidan hunarmandchilikning tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha 30 mln miqdorida kredit olib, o‘zidan tashqari hududda yashovchi 3 nafar ishsiz ayollarni ham hunarmandchilik yo‘nalishida bandligini ta’minlagan.

Ishchi guruh vakillari tumandagi “Yuqori “MFY da bo‘lib, mazkur hududda yashovchi Maksimova Muazzam xonadonida bo‘lib, yashash sharoiti va tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi.

-Tuman xalq banki bo‘limi tomonidan 20 million miqdorda imtiyozli kredit olib, hozirda oilaviy tadbirkorni yo‘lga qo‘yganman, - deydi Muazzam Maksimova. - Mahallamizdagi o‘zimga yaqin ishsiz xotin-qizlarni 5 nafarini ish bilan ta’minladim.

Ishchi guruh vakillari bandlik masalalariga ham alohida to‘xtadilar. Izboskan tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan Mustafaqulova Maxfiratxon 25-MTT ga doimiy ishga joylashtirildi.

“Markaz” MFY da yashovchi Xojiyeva Muattar, Kamolova Marg‘ubaxon, Umrzaqova Ra’no, Mamajonova Zarnigorlar tumanda faoliyat olib borayotgan "CHINAR AND" MChJga doimiy ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi.

Ishchi guruh vakillari ushbu xotin-qizlarning faoliyatini kengaytirishda O‘zLiDeP Izboskan tuman Kengashi hamisha ko‘makchi bo‘lishligini bildirdi.

  • Ko'rildi
    502
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+