Deputatlar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini yuqori saviyada o‘tkazishda faollik ko‘rsatmoqda

18.05.2022, 14:18

Deputatlar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini yuqori saviyada o‘tkazishda faollik ko‘rsatmoqda

Barcha yerda bo‘lganidek, Buxoro shahrida ham navbatdagi MFY raislari saylovi yuqori saviyada va puxta hozirlik ko‘rilgan holda davom etmoqda.

Ushbu jarayonda mahalliy Kengash deputatlari ham faol ishtirok etmoqdalar. O’zLiDePdan xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatligiga saylangan Matluba Badritdinova viloyat markazidagi “Razzoq Hamroyev” nomli MFYda o‘tkazilgan saylov jarayonini kuzatib, ushbu muhim siyosiy tadbirning amaldagi qonunlar doirasida ochiq va oshkora ruhda o‘tkazilganligini e’tirof etdi.

Mazkur mahallada 6250 nafar aholi istiqomat qiladi. Saylov davomida ularning aksariyati faol ishtirok etib, ko‘rsatilgan nomzodlarning dasturi bilan yaqindan tanishib chiqdilar va o‘zlari ma’qullagan nomzodga yakdillik bilan ovoz berdilar.

 

  • Ko'rildi
    498
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+