G’ijduvonda faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilarining barchasi O’zLiDeP safiga qo‘shildi
18.05.2022, 14:50

Bugungi kunda G’ijduvon tumanida 75 ta MFY faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardagi hokim yordamchilarining barchasi O’zLiDeP a’zosi sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldilar. Ushbu siyosiy tuzilmaning dasturiy maqsad va g‘oyalari bilan tanishgan hokim yordamchilari ana shunday qarorga kelishdi.
Xususan, partiya elektorati vakillari faoliyat olib borayotgan, aholining aksariyat qismi tomorqa xo‘jaligida band bo‘lgan, tadbirkorlikning hunarmandchilik, issiqxona faoliyati yo‘nalishlarida mehnat qilayotgan kishilar tumandagi “Degrezon”, “Sarvari”, “Baraka” MFYlar o‘ramidagi xonadonlarda istiqomat qiladi.
O’zLiDeP safiga yangi qabul qilingan Sobirjon Raxmonov, Azizjon To‘rayev, Rustamjon Boboxodjayev singari hokim yordamchilari aynan ana shu mahallalarda faoliyat olib borib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, ayniqsa, “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlari ro‘yxatiga olingan mahalladoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yetakchilik qilmoqdalar. Ta’kidlash joizki, barcha partiya a’zolari singari bu hokim yordamchilarining ham o‘z mahallalaridagi yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda bugungi kunda va kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bardavom bo‘lishi va aniq natijadorlikka erishilishi turgan gap.
Hokim yordamchilarining partiya a’zosi sifatida hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda ish olib borish, ayniqsa mahallalarda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalariga hamohangligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi O’zbekistonga yangi konstitutsiya kerak!
30.06.2022, 16:46
-
Bo‘sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi
29.06.2022, 17:56
-
Inson qadrini yuksaltirish davlat hokimiyati organining konstitutsiyaviy burchi bo‘lmog‘i kerak
29.06.2022, 17:53
-
Umumxalq muhokamasida norinliklar ham faollik ko‘rsatmoqda
29.06.2022, 17:51
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflar berildi
29.06.2022, 17:50
Fikringizni qoldiring