“Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovining Kegeyli tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi

18.05.2022, 14:53

 “Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovining Kegeyli tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi

Xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta.

O’zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

 Unda tumanda faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.  

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov mobaynida tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning shu davrga qadar erishgan yutuqlari, imkoniyatlari hamda kamchiliklarini o‘rgandilar.

- Qariiyb olti yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelaman, - deydi yakka tartibdagi tadbirkor R.Dao‘letova. - Faoliyatimini boshlashda  dastaval “Xalq  bank” tuman  filialidan 10 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib boshlaganman. 

Asosan korxonada 10 ga yaqin qo‘li gul chevar qizlarimiz tomonidan qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari tushirilgan quroq ko‘rpachalar,  qizlarimiz uchun milliy do‘ppilar va bejirim ko‘ylaklar tikib beriladi. Bu kabi mazkur tanlovlar biz ayollarning bir-birimiz bilan tajriba almashishga, faoliyatimizni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.   

Tanlov yakunida Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan g‘oliblar aniqlanib, tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra 3-o‘rinni yakka tartibdagi tadbirkor  A.Palo‘anova, 2-o‘rin "Gulbaq Lalazar" MChJ rahbari I.Jumabayeva  va 1-o‘rin yakka tartibdagi tadbirkor Roza Dao‘letovaga nasib qildi.

Mazkur tanlovning tuman bosqichlari joylarda davom etmoqda.

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    524
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+