Kreditlar maqsadli sarflanyaptimi?
18.05.2022, 14:54

O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashida “Tadbirkor va ishbilarmon ayollarni qo‘llab-quvvatlash – jamiyatdagi xotin-qizlarni faollika yetaklaydi” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ana shu savolga javob izlandi. Unda viloyatdagi tijorat banklari hududiy filiallarining vakillari, Termiz shahar bandlikka ko‘maklashish markazi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi vakillarining axboroti tinglandi.
Aytish kerakki, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh strategiyaning 69-maqsadida ko‘rsatilgan ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish kabi muhim vazifalar ijrosi amalda qanday bajarilayotganini o‘rganishdi. Jumladan, Termiz shahridagi "Mehrobod" va "Namuna" mahallalarida “mahallabay” usulida xonadonma-xonadon yurib o‘rganishlar olib borildi. “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan kredit maqsadli ishlatilayotganligi, biroq, qaytarish holati va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozorda realizatsiya qilishda ayrim to‘siqlarga uchrayotgani ma’lum bo‘ldi.
Muloqot so‘nggida “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga tavsiyanoma asosida beriladigan kredit miqdorlarini belgilashda tikuvchilik, ip-yigiruv, qandolat dastgohlari, sartaroshlik uskunalarining narxidan tashqari, mazkur dastgoh va uskunalarni dastlabki o‘rnatish, qo‘ndirish uchun beriladigan xizmat to‘lovi, ekspluatatsiya qilish xarajatlari ham inobatga olinishi haqida takliflar berildi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi
matbuot xzimati
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring