Xorazmda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

18.05.2022, 14:57

Xorazmda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat, Urganch shahar Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari ishtirokida mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda 2022 yil boshidan shu kunga qadar mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining mas’ul xodimlari axborot berdi.

Hisobotga ko‘ra viloyatda aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan o‘tkazilayotgan xatlovlarda joriy yilning 1 mart holatiga 4 725 nafar o‘qish va kasb-hunar o‘rganish istagi bor bo‘lgan fuqarolar aniqlandi. Yil boshida 1 710 nafar fuqarolar o‘qish va kasb-hunarga jalb qilindi. Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobidan uning quyi tizimidagi kasb hunar maktablari va monomarkazlarida 1 380 nafar, Savdo sanoat palatasi tomonidan tumanlar va shaharlardagi bo‘limlari orqali 101 nafar va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan 229 nafar fuqarolar o‘qishga jalb qilindi.  O’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolardan 285 nafarining bandligi ta’minlandi, 15 nafariga kredit mablag‘lari ajratildi va 9 nafariga subsidiyalar berildi.

Bundan tashqari viloyat, tuman, shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida qator loyihalar amalga oshirilishi natijasida ming nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek xorijdan qaytib kelgan 6 454 nafar fuqarolarning 4 499 nafari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning 424 nafari sanoat korxonalarida, 843 nafari qishloq xo‘jaligi ishlarida, 4 010 nafari qurilishi ishlarida, 543 nafari savdo sohasida, 11 nafari ta’lim sohasida va 623 nafari boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borilganligi aniqlandi. Ularning 1 733 nafari bandligi ta’minlandi.

Deputatlar o‘zlari saylangan mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan o‘zlariing fikr-mulohazalari, takliflarini bildirdilar va kelgusidagi ishlarni hamkorlikda qilishga kelishib oldilar.

  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+