Vobkentda chorvachilik sub’ektlari ozuqa bazasini mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

18.05.2022, 15:25

Vobkentda chorvachilik sub’ektlari ozuqa bazasini mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining agrar va suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi bilan ushbu Kengashdagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida hududda chorvachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik va parrandachilikni  rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligi atroflicha muhokama etildi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharif Islomovning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, tuman bo‘yicha hozirgi paytda qoramollar bosh soni 111,5 ming, sigirlar 36,1 ming boshni tashkil etayapti. Qo‘y va echkilar bosh soni 103,2 mingtaga, parrandalar 336 ming boshga yetkazilgan. Tuman bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 212,4 ming tonna go‘sht, 106,5 ming tonna sut yetishtirilgan.

Shuningdek, tumanda chorvachilik sub’ektlari ozuqa bazasini mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarda ham muayyan natijalarga erishilmoqda.

Qo‘shma yig‘ilishda so‘zga chiqqan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, aholini go‘sht va sut maxsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, bu boradagi ishlarda keyingi paytda tuman miqyosida ham sezilarli natijalar qo‘lga kiritilayotganligini, biroq bu borada ayrim kamchiliklar ham borligini tilga olib o‘tdilar. Masalan, tumandagi “Shoxnigor”, “Ko‘kin” va “Bozor joyi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida chorvachilikni rivojlantirish, tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratilishi  zarurligini qayd etdilar.

Yig‘ilishda O’zLiDeP faollari mahalliy Kengash deputatlari bilan birga joylarda yechimini kutib qolgan mummolarni o‘z vakolatlari doirasida muddatida bartaraf etishni asosiy vazifa sifatida belgilab olishlari zarurligi aytib o‘tildi. Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”dagi barcha yo‘nalish va maqsadlar inson qadrini ulug‘lash va hamyurtlarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+