Jomboy tumanidagi 38 nafar hokim yordamchilarining barchasi partiya safiga qo‘shildi

18.05.2022, 15:26

Jomboy tumanidagi 38 nafar hokim yordamchilarining barchasi partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Jomboy tumanidagi mahallalar hokim yordamchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlar manfaatini himoya qilish O’zLiDePning birlamchi vazifalaridan ekanligi ta’kidlandi. Bu borada mahallalardagi hokim yordamchilarining hamda partiyaning maqsadi mushtarak ekanligi e’tirof etilib, joylarda aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali daromadini oshirish hamda bandligini ta’minlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahallalrdagi ijtimoiy muammolarni birgalikda hal etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jomboy tumanida 38 ta mahallalarning barchasida hokim yordamchilari faoliyat yuritib kelmoqda. Tadbir doirasida tuman mahallalaridagi barcha hokim yordamchilari O’zLiDeP a’zoligiga qabul qilinib, ularga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+