“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik –tanlovining Qo‘ng‘irot tuman bosqichi o‘tkazildi

23.05.2022, 15:45

“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik –tanlovining Qo‘ng‘irot tuman bosqichi o‘tkazildi

 Qariyb olti yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qo‘ng‘irot tuman bosqichi ham yuqori darajada tashkil qilindi.

Tanlovda tumandagi 10 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmand xotin-qizlarimiz o‘zlarining ko‘rgazma mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. 

Hakamlar hay’ati a’zolari ishbilarmon xotin-qizlarning ko‘rgazma mahsulotlari, ularning faoliyati, muvaffaqiyat va kamchiliklari, kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, joylarda ayniqsa eng chekka hududlarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ning joriy etilishi orqali ishsiz ayollarni o‘qitishga, ishga joylashtirishga katta e’tibor qaratilib, loyihalar amalga oshirilmoqda.

- 20 yildan buyon fermerlik bilan shug‘ullanib kelmoqdaman, - deydi qo‘ng‘irotlik “Urker tulpar” fermer xo‘jaligi rahbari A.Seydullayeva.  Umumiy yer maydonimiz 198 gektar yer bo‘lsa, shundan ekinlik yer maydonlari  31,6 gektarni tashkil etadi. Xo‘jaligimiz asosan chorvachilikka  ixtisoslashgan bo‘lib, makkajo‘xori, kunjut, beda va poliz ekinlari yetishtiriladi. Bundan tashqari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish  xizmatlari (ovqatlanish o‘rni,) nonvoyxona, kir sovunlar va temir darvozalar ham ishlab chiqarilayotganligini qayd etdi.

Tanlov davomida Hakamlar hay’ati a’zolari ishbilarmon xotin-qizlarning ish faoliyati, kelgusi reja va maqsadlari bilan yaqindan tanishib, muloqot qilar ekan, ularning faoliyatiga xolisona o‘z baholarini  berishdi.

Tanlov yakunida esa 3 o‘rinni hunarmand  Z.Madiyarova, 2 o‘rin yana bir hunarmand qizimiz G.Tayrovaga nasib etgan bo‘lsa, 1 o‘rinni “Urker tulpar” fermer xo‘jaligi rahbari A.Seydullayevaga nasib etdi va tanlovning Qoraqalpog‘iston  Respublikasi bosqichiga qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    403
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+