Deputat tashabbusi bilan ko‘chma svetofor o‘rnatildi

23.05.2022, 15:47

Deputat tashabbusi bilan ko‘chma svetofor o‘rnatildi

Xalq deputatlari Mahalliy Kengash deputatlari O.Babaxanov va G’.Babaxanov hamda Namangan shahar IIOFMB boshlig‘i, 3-Sektor rahbari G’.G’aniyevlarga Oydinko‘l mahallasi fuqarolari tomonidan mahalla hududidagi asosiy yo‘lda avtomobillar va piyodalar uchun maxsus svetafor yo‘qligi natijasida yo‘l qoidalari buzilish holatlari haddan ziyod ko‘payib ketganligi sababli, mazkur hududga avtomobillar va piyodalar uchun maxsus svetafor va yo‘l belgilari o‘rnatish borasida murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat joyida ijobiy hal etilib, Oydinko‘l mahallasidagi asosiy yo‘l hisoblangan Qodir Otamirzayev ko‘chasining viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va 29-umumta’lim maktabi oralig‘idagi serqatnov qismiga quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetofor o‘rnatildi.

Bu bilan hudud aholisi ayniqsa, avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan maktab o‘quvchilarining xavfsizligi ta’minlanadi.

  • Ko'rildi
    606
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+