O’zLiDeP deputatlari mahalla raislari saylovining ochiq va oshkora ruhda o‘tishida faollik ko‘rmoqda

23.05.2022, 15:49

O’zLiDeP deputatlari mahalla raislari saylovining ochiq va oshkora ruhda o‘tishida faollik ko‘rmoqda

Butun respublikamizda bo‘lgani kabi, Paxtakor tumanidagi mavjud 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inida ham mahalla raislari(oqsoqollari) saylovi yuqori saviyada davom etmoqda.

Ushbu muhim siyosiy jarayonni kuzatib borayotgan xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashidagi 10 nafar O’zLiDeP deputatlik guruhi azolari saylovlarning amaldagi qonunlar doirasida ochiq va oshkora ruhda o‘tayotganini e’tirof etmoqdalar.

Mahallalardagi muammolarni barataraf etish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish, jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, oilalar mustahkamligini ta’minlash va shu kabi ko‘plab masalalarda o‘z qarashlari o‘rin olgan dasturlarini munosib himoya qilayotgan nomzodlar o‘rtasidagi oshkora, ishchan raqobat ruhidagi “bellashuv” qizg‘in davom etmoqda. Xalqning ishonchini qozongan, eng munosib nomzodlar raislikka munosib ko‘rilmoqda.

Muhabbat O’rolova,

 O’zLiDeP Paxtakor tuman

Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    591
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+