Suv tejovchi texnologiyalarning ayrimlari nega ishga tushirilmagan?

23.05.2022, 15:51

Suv tejovchi texnologiyalarning ayrimlari nega ishga tushirilmagan?

O'zLiDeP Sherobod tumani kengashida Sherobod tumanida 2022 yilga mo‘ljallangan suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hisobiga suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar ijrosini o‘rganish maqsadida tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i Ch. Raxmonovning hisoboti eshitildi.

Aytish kerakki, Sherobod tuman irrigatsiya bo‘limi balansida 65,2 km kanal mavjud bo‘lib, shundan paxta 7750 ga, g‘alla 12200 ga, bog‘ 4644 ga, boshqa ekinlar va aholi tomorqalariga 26763 gektar maydonga suv yetkazib beradi.  Tumanda hozirgi kunda 7750 gektar g‘o‘za maydonlari 1-oziqa suviga tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, aholi tomorqalari va dehqon fermer xo‘jaliklari tomonidan ekilgan ekin maydonlariga suv yetkazib berilmoqda.

Tumanda irrigatsiya bo‘limida  2022 yilda smeta doirasida 14,1 km kanal tozalash, 12 ta gidrotexnik inshoat ta’mirlash, 12 ta gidropost ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3,6 km kanal tozalandi, 6 dona gidrotexnik inshoat, 6 dona gidropost ta’mirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi PQ-4919-sonli qaroriga asosan Sherobod tumaniga 2022 yil uchun 2100 gektar paxta, 950 gektar bog‘ maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi va 500 gektar g‘alla maydoniga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilish rejalashtirilgan. Shundan 1951  gektar paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish joriy qilish fermer xo‘jaliklari bilan pudratchilar ikki tomonlama shartnoma  tuzishgan.

Jumladan, shu yildan Tallashqon xududida  UP "UZ-SEGANG SURXON"  60 gektar bog‘ maydoniga tomchilatib sug‘orish joriy qilinmoqda. 

2021 yilda 155 gektar paxta maydoni  uchun “Agrobank “ATB tomonidan 2 mlrd. 486 mln. so‘m moliyalashtirilib, pudratchilarga o‘tkazib berilgan. 2022 yilda esa O’zbekiston hududidan “Sadatov Avazbek”, “Abdulla Muxammad Asilbek”, U.Turopov xududidan “Said Mavlon”, N.Murodov hududidan “Ilxom Zamin dalasi”, “Bekzod Baxtbek Umurzoq”, “Mamatqulov Ro‘zinbek” fermer xo‘jaliklarining tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun pudratchilarga 2021 yilda mablag‘ tuman “Agrobank” filiali tomonidan o‘tkazib berilishiga qaramasdan texnologiya ishga tushirilmagan. Ushbu fermer xo‘jaliklarining tomchilatib sug‘orish texnologiyasini 2022 yilga pudratchilar tomonidan ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.

“Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning III-Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash yo‘nalishi  30-31- maqsadlari ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan eshituvda ana shular xususida so‘z bordi.

O'zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    474
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+