Mahalla yoshlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi

24.05.2022, 15:34

Mahalla yoshlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Shirin shahridagi M.Ulug‘bek mahallasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Yoshlarning  bo‘sh vaqtini ularning salomatligi, kelajagi uchun asqotadigan mashg‘ulotlar bilan band etmasangiz, dangasalik, bekorchilik kabi «dushman»ning asiriga aylanishi hech gapmas. Mafkurada ham bo‘shliqning paydo bo‘lishi vaqtni arzimas narsalarga sarflashdan, boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan boshlanadi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Shirin shahar Kengashi bilan hamkorlikda M.Ulug‘bek mahallasida yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Tadbirda Shirin shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Alimova va O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi bo‘lim mudiri H.Jabborov ishtirokchilarga omad tilar ekan, sport insonning ruhiy va jismoniy barkamolligini ta’minlaydigan soha ekanligini ta’kidlashdi.

Musobaqada 50 nafardan ortiq yoshlar kuch sinashdi. G’oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shahzod TOJIQULOV,

O`zLiDeP Shirin shahar Kengashi raisining

Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    506
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+