Deputatlar Xonobod shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri axborotini tingladi

24.05.2022, 15:38

Deputatlar Xonobod shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri axborotini tingladi

Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Xonobod shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudirining axboroti tinglandi.

Yig‘ilishda so‘z olgan mutassadi N.Ne’matovning ta’kidlashicha, Xonobod shahar Xalq ta’limi tasarrufida 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyat olib bormoqda. Ularda 6661 ming nafar o‘quvchiga 387 nafar pedagog ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Ta’lim sifatini yanada yaxshilash, past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan maktablarni kamaytirish bo‘yicha alohida maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olingan. Birinchi navbatda maktablardagi malaka toifasi bo‘lmagan 194 nafar pedagoglardan 88 nafari ikkinchi malaka toifa olib, toifasiz o‘qituvchilar esa 106 nafarga tushirildi. Bundan tashqari maktablarda oliy toifali o‘qituvchilar ulushi 13 nafarga ko‘payib 6,4 foizdan 9,8 foizga yoki 38 nafarga yetkazildi.

Hozirda umumta’lim maktablarda 12 nafar pedagoglar xalqaro sertifikatni olgan. Maktablarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash borasida bir million dasturchi loyihasini yanada rivojlantirish maqsadida 2,4 va 5 maktablariga 38 dona Janubiy Koreya Respublikasi  "Eksim" bank loyihasi bo‘yicha ikki to‘plam (32dona) kompyuter jamlanmasi 1- maktabga  open budjet loyihasi doirasida 32 ta kompyuter jamlanmasi 5 nafar maktabga yetkazib berildi. Ummumta’lim maktablarining barchasi internet tarmog‘iga ulangan "Education" tarif rejasida ishlamoqda. Bundan tashqari 2- umumta’lim maktabi 2021 yilda "Obod mahalla" dasturi mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlandi.

Yig‘ilishda taqdim etilgan hisobot yuzasidan deputatlik guruhi a’zolari fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi hamda o‘z taklif va tafsiyalarini berdilar.

  • Ko'rildi
    84
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+