Deputat yordamida gurlanlik xotin-qizlarga subsidiya taqdim qilindi

24.05.2022, 15:55

Deputat yordamida gurlanlik xotin-qizlarga subsidiya taqdim qilindi

Bugun Gurlan tumanida partiya tuman Kengashi raisi, tuman deputati Umidjon Bazarboyev xotin-qizlarga subsidiya asosida 20 bosh parranda topshirdi.

Subsidiya aynan Gurlan tumanidagi “Moyli”, “Vatanparvar” va “Eshimjiron” MFY laridagi “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga berildi. Endi bu ishsiz ayollar berilgan parrandalarni nafaqat o‘z oilalari uchun parvarish qilishadi, balki o‘z iqtisodiy axvollarini yaxshilash uchun harakat qilishadi.

Bu esa Gurlan tuman Kengashi mas’ullarining axolini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga qonun doirasida amaliy yordam berilayotganiga yana bir misoldir. Bu kabi amaliy yordamlar Xorazm viloyatining boshqa tumanlarida ham amalga oshirilmoqda.

Nigora Abdumutalova

O’zDJTU talabasi

  • Ko'rildi
    409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+