O'zLiDeP ishchi guruhi hududlarda: Tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishildi
25.05.2022, 11:24

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan “DILRABO SDA TEKSTIL” xususiy korxonasi va “IDEAL TEKSTIL ORZU” MChJ korxonalarida xotin-qizlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Sevara Muslimova hamda shu masalalar bo‘yicha viloyat Kengashi bo‘limi mudiri Husnida Iminjanovalar so‘zga chiqdilar.
Ular Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalish haqida tushuncha berdilar. Xususan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash,ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish kabi masalalarga e’tiborni qaratdilar. Shuningdek, ular mahallalarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar xususida ham mulohaza yuritdilar.
Muloqot yakunida savol-javoblar bo‘ldi hamda har ikki korxonada ishlayotgan xotin-qizlarning muammolari ham o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring