Deputat ko‘magida 60 nafar mahalla ayollari tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi

25.05.2022, 15:31

Deputat ko‘magida 60 nafar mahalla ayollari tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi

O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi ommalashib bormoqda. Mazkur loyiha doirasida deputatlar turli masalalarda murojaat qilgan fuqarolar bilan dildan suhbatlashib, ularga yaqindan ko‘mak ko‘rsatishyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Barno Mirzamova ushbu loyiha doirasida Uychi tumanidagi mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan ayollarni Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida 5 kunlik sayohatni o‘z hisobidan tashkil qilib berdi. Ushbu sayohatdan maqsad mamlakatimizdagi diqqatga sazavor joylar va qadimgi tarixiy maskanlarimizni ziyorat qilish, ichki turizimni rivojlantirishdan iborat.

Deputat Barno Mirzamova tumandagi 60 nafar yoshi ulug‘ onaxonlar, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi fuqarolar, o‘z xonadonida pillachilik bilan shug‘ullanib rejani ortig‘i bilan bajargan xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida ushbu tarixiy maskanlarga ziyoratni tashkil qilib berdi.

Xalq vakili o‘z saylov okrugidagi xotin-qizlarni shu kabi tadbirlar bilan rag‘batlantirish barobarida ularga moddiy ko‘mak ko‘rsatishni ham kanda qilmaydi. Fuqarolarga qo‘lidan kelgancha yordamini ayamaydi.

  • Ko'rildi
    607
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+