Jizzaxlik 15 nafar moliyachi partiya safiga qabul qilindi

25.05.2022, 15:34

Jizzaxlik 15 nafar moliyachi partiya safiga qabul qilindi

O’zLiDeP faollari, deputatlarimizning jamiyatimiz hayotining turli jabhalaridagi faolligi, aholi o‘rtasida joylarda turli yo‘nalishlardagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ko‘pchilikni qiynayotgan dardli muammolarga partiyaviy vositalar bilan yechim topish, ayollar, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari va o‘tkazilayotgan boshqa ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar partiyamizning siyosiy mavqei va obro‘sining oshishiga, partiyaga kirish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning ko‘payib borishiga sabab bo‘lmoqda.

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari sabab, Jizzax viloyat Moliya bosh boshqarmasida faoliyat olib borayotgan 15 nafar xodimlar ham partiya safiga qabul qilinib, ularga  a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Dilnoza Qosimova,

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1386
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+