Vobkentda ish boshlagan mahallalardagi xotin-qizlar faollari partiya safiga qo‘shildi

26.05.2022, 15:49

Vobkentda ish boshlagan mahallalardagi xotin-qizlar faollari partiya safiga qo‘shildi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, ular uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shundan kelib chiqqan holda respublikamizdagi har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilindi.

Vobkent tumanidagi MFYlarida hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qanday tartibda tanlangan bo‘lsa, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham shunday ochiq tanlov asosida, tajribali, obro‘-e’tiborli, tadbirkor ayollar orasidan tanlanib, ular  ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi bilan ishlashga javob beradigan bo‘ldi.

Tuman hokimligida O’zLiDeP mas’ullari tomonidan MFYlardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb qilish maqsadida hududda olib borilayotgan ishlar va bu borada belgilangan imtiyozlar xususida  batafsil fikr yuritildi.

Tadbir yakunida tumandagi MFYlarda xotin-qizlar faoli lavozimida o‘z ishini boshlagan ayollarning barchasi O’zLiDeP safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+