Partiya faollari ko‘magida g‘allaorollik 10 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

26.05.2022, 15:54

Partiya faollari ko‘magida g‘allaorollik 10 nafar yoshlar  ishli bo‘ldi

Ma’lumki, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan yetinchi yo‘nalishda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini, davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatchilar, ularning oila-a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha maqsad va ularni amalga oshirish yuzasidan dolzarb  vazifalar  belgilab berilgan.

Ayni paytda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joylarda turli xil tadbirlar, amaliy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

- Belgilangan reja asosida amalga oshirilayotgan navbatdagi tadbirda G’allaorol tumani G’obdin QFY Gumsoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Yoshlarning, qiziqishlari, rejalaridan kelib chiqqan holda ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi, - deydi xalq deputatlari G’allaorol tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Fazliddin Akmurzayev. – Partiya “Yoshlar qanoti” faollari bilan birgalikda 10 nafar ishsiz yoshlarning murojaatlari nazoratga olindi.

Partiya “Yoshlar qanoti” faollari va deputatlar birgalikda belgilab olgan chora-tadbirlarga ko‘ra Gumsoylik yoshlarning 5 nafari “Ravot uchquni” fermer xo‘jaligiga, 2 nafari tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga ishga joylashtirishga kelishildi. Xususiy tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 3 nafar yoshlarga esa, tijorat banklaridan kredit mablag‘i olib berishda ko‘maklashiladigan bo‘ldi.

Xolbek ASATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi

  • Ko'rildi
    270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+