Deputatga qilingan murojaatlarning barchasi joyiga chiqib o‘rganildi

26.05.2022, 16:01

Deputatga qilingan murojaatlarning barchasi joyiga chiqib o‘rganildi

3-So‘zangoron saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat Aziz Axrarov o‘z saylov okrugidagi “Sarbon”, “Davlatshoxi Samarqandiy” va “Bog‘i Feruza” mahallalarida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qildi.

Jumladan, “Sarbon” mahalalsida ijtimoiy masalalar, uy-joy kadastri, bandlik, obodonlashtirish va 64-TP elektr transformatorni almashtirish kabi murojaatlar kelib tushdi.

“Davlatshoxi Samarqandiy” mahallasida ikkita asosiy muammo mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan ijobiy hal etilmayotganligi ta’kidlandi. Xususan, mahalla hududidan o‘kazilgan ichimlik suv quviri yorilganligi sababli uni qaytadan tuzatib berishini so‘rab aholi vakillari murojaat qilishdi.

Yana bir muammo yomg‘ir mavsumida mahalladagi 5 ta ko‘chaning yomg‘ir suvlari irrigasiya tizimi mavjud bo‘lmaganligi uchun mahalla hududidagi qabristonni muntazam suv bosadi. Ushbu masala yuzasidan shahar hokimligi hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasiga bir necha bor qilingan murojaatlar javobsiz qolayotganligi ta’kidlandi.

“Bog‘i Feruza” mahallasi faollari tomonidan deputatga qilingan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilganini e’tirof etdi. Ko‘chalarga asfalt yotqizilib, 30 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Mahalladagi 42 ta eskirgan simyog‘ochlarning o‘rniga beton stolbalarga yangilab berilgan.

Biroq, deputatga qilingan murojaatlar ichida ayrimlarining ijrosi oxiriga yetmagan. Xususan, shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan beton simyog‘ochlarga almashtirilgan simyog‘ochlarning aksariyatining elektr simlari almashtirilmagan, yangi beton simyog‘ochlarning yonidagi eski simyog‘ochlar olib tashlanmagan, 15 ta eskirgan simyog‘ochlar almashtirilmagan.

Mahalla hududidagi 2 ta ko‘chaning asfaltlash ishlari yakuniga yetmagan. Aholining murojaatlariga asosan o‘rganilgan barcha muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.                                                              

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+