"Sog‘lom oila-mustahkam oila" loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

27.05.2022, 11:04

O’zLiDeP  Kogon shahar  Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi  hamkor tashkilotlar bilan “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida shahardagi  “Abdulla Qodiriy” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ijtimoiy yotoqxonada  tibbiy- ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy - ko‘rik davomida ushbu hududdagi “Temir”va “Ayollar” daftari ruyxatida turuvchi 30 nafarga yaqin xotin-qizlar, bolajonlar terapevt, lor, okulist boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar qabulida bo‘lib, UZI apparatidan o‘tkazildilar hamda mutaxassis vrachlarning tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar.

O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Sog‘lom oila –mustahkam oila” loyihasi doirasidagi istiqbolli tadbirlarning amaliy samarasi  natijasida shu kuni ishtirokchilar partiyaning dasturiy maqsad va rejalari, ayniqsa ushbu siyosiy tuzilmaning aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish bilan bog‘liq ustuvor vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.

  • Ko'rildi
    444
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+