Deputat uchrashuvi: Konstitutsiyaviy islohotlarga xotin-qizlar va yoshlar o‘z takliflarini bildirdi

27.05.2022, 11:09

Deputat uchrashuvi: Konstitutsiyaviy islohotlarga xotin-qizlar va yoshlar o‘z takliflarini bildirdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z hududlarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti. Uchrashuvlar davomida mahalladagi muammolar o‘rganilyapti, fuqarolarning murojaatlari tinglanyapti, qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar olib borilyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova o‘z saylovchilar bilan uchrashuvlarni olib boryapti. Deputat dastlab Buvayda tumanidagi “Oqqo‘rg‘on” MFYda xotin-qizlar ishtirokida tashkil qilingan o‘quv-seminarda ishtirok etdi.

Xalq vakili yaqinda tashkil qilingan mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilingani, ushbu lavozim mas’uliyatli vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Mahalla xotin-qizlar faoli har bir fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lishligi, ularning muammo va takliflarini o‘rganib yechimini topishga bosh-qosh bo‘lishligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan ham takliflar, fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. 

Deputat Mavludaxon Ibragimova Buvayda tumanidagi “Oqqo‘rg‘on” MFYda joylashgan 2-Kasb-hunar maktabida ham bo‘lib, u yerda tahsil olayotgan yoshlar bilan dildan suhbatlashdi.

Kasb-hunar maktabida bitiruvchi yoshlar "Onalarga ehtirom"  nomli tadbir tashkil qilishdi. tadbirini juda chiroyli va fayzli tashkil etishdi. Tadbirda deputat yoshlarga kelajakdagi hayotlarida ulkan zafarlar tilab, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishlarini bildirdi.

Uchrashuv davomida deputat mamlakatimizda bo‘layotgan katta o‘zgarishlar, yangidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, xususan, yoshlarga berilayotgan katta imkoniyatlar, shu kunlarda muhokama qilinayotgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar borasida to‘xtalib o‘tdi. Bu jarayonda yoshlar ham faol ishtirok etishi, ularning o‘rni, shaxsiy fiklari, taklif va mulohazalari muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

 Xalq vakili uchrashuvlari davomida Buvayda tumanidagi “Elobod” mahallasida joylashgan 1-sonli kasb- hunar maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu kasb-hunar maktabining o‘qituvchi-murabbiylari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etgan muloqotda Yangi O’zbekistonning  rivojlanish  strategiyasida  belgilab berilgan  ustuvor  vazifalar, ularning  mazmun-mohiyati bo‘yicha  atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Xususan, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan muhim o‘zgarishlar borasida o‘zlarining aniq taklif va munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

Deputat Qo‘qon davlat pedagogika institutida yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Davra suhbatida Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bu jarayonda talaba yoshlarning ham fikr-mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv davomida talaba yoshlar ham o‘z takliflarini bildirishdi, bo‘layotgan jarayonlarga befarq emasligini ta’kidladilar.

  • Ko'rildi
    406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+