O’qituvchi va talaba-yoshlar konstitutsiyani takomillashtirish borasida o‘z takliflarini bildirdi

27.05.2022, 11:11

O’qituvchi va talaba-yoshlar konstitutsiyani takomillashtirish borasida o‘z takliflarini bildirdi

Qarshi Irrigatsiya  va agrotexnologiyalar institutida O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha milliy komissiya hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudayarova, viloyat Ma’naviyat va targ‘ibot markazi rahbari Lola Saodatova, O‘zLiDeP viloyat Kengashi va Qarshi shahar  Kengashi apparati xodimlari, institut professor o‘qituvchilari va partiya faollari qatnashdi.

Tadbirda  mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda, ayniqsa siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yanada jadallashtirish lozimligi barobarida konstitutsiyaviy islohotlarni ham o‘ta dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilayotganligi ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqqan holda tadbir ishtirokchilari Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda o‘z takliflari, fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.  

Shuningdek, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

  • Ko'rildi
    467
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+