Xatirchida chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

27.05.2022, 11:12

Xatirchida chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

O’zLiDeP Xatirchi tuman kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlik guruhlari, qishloq xo‘jaligi bo‘limida faoliyat yuritayotgan chorvadorlar ishtirokida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqiyot strategiyasidagi 32-maqsadda belgilangan “Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish sohasi hajmini 1,5-2 barovar ko‘paytirish” masalasi yuzasidan tuman miqyosida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan mutassadilarning axboroti tinglandi.

Tumanda chorvachilikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, chorva mollari bosh sonini kupaytirish va mahsuldorligini oshirish, chorvachilik sohasida yangi istiqbolli loyihalarni ko‘paytirish va moliyalashtirish, tez yetiluvchan yangi zotlarning ko‘paytirish orqali mahalliy bozorlarni ta’minlab borish, sun’iy urug‘lantirishga jalb etilgan osmenatorlar sonini lozim darajada oshirish,  aholi xonadonlarida boqilayotgan chorva mollarigacha sun’iy urug‘lantirishni kengaytirish ishlari olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, Parrandachilikda naslchillikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar sonini ko‘paytirish, inkubatsion tuxum ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish va bu borada ham yangi ayniqsa klaster yo‘nalishidagi loyihalarni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Muloqot davomida partiya faollari bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish maqsadida jamoatchilik nazorati olib borayotganligi xususida to‘xtalib, chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Qizg‘in savol javoblarga boy kechga uchrashuvda ishtirokchilar yetarli darajada ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

  • Ko'rildi
    352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+