Deputat so‘rovi bilan mahalladagi muammolar hal etildi

27.05.2022, 11:14

Deputat so‘rovi bilan mahalladagi muammolar hal etildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadaboyevga aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “To‘quvchi” mahallasi Aeroport ko‘chasidagi eskirgan transformatorni yangilash hamda “Orzu” mahallasi Yangibog‘ ko‘chalarida yaroqsiz xolatga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish muammosini hal etishda amaliy yordam berish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Muammoga ijobiy yechim topish maqsadida Davlatobod tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi asosida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida muammolar joyida o‘rganib chiqilib, hal etilishi lozimligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra Davlatobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Aeroport ko‘chasidagi eskirgan transformator o‘rniga ta’mirlangan yangi transformator o‘rnatildi. Yangibog‘ ko‘chasiga esa yaroqsiz xolga kelgan va qo‘lbola yasalgan simyog‘ochlar o‘rniga 62 ta yangi temir beton tayanchlari  o‘rnatildi.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida olib borilayotgan bu kabi ishlardan mahalla aholisi mamnun ekanliklarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    599
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+