Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida buxorolik yoshlar faollik ko‘rsatmoqda

27.05.2022, 15:40

Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida buxorolik yoshlar faollik ko‘rsatmoqda

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashida ushbu Kengash mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaviy faoliyatida faollik ko‘rsatib kelayotgan “Yoshlar qanoti”ning bir guruh a’zolari ham qatnashdilar.

Yig‘ilishda mavzu doirasida so‘z yuritganlar konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish davr talabi ekanligi, keyingi 4-5 yil ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlar, Yangi O’zbekistonni barpo etish borasidagi galdagi dolzarb vazifalar o‘z navbatida asosiy Qomusimiz mazmun-mohiyatiga yangicha yondashishni, ushbu muhim hujjatni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqishni taqazo etayotganligini ta’kidladilar.

Yoshlar yig‘ilish davomida o‘z huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlarga oid davlat siyosati, navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo‘lgan taklif, tavsiya va fikr mulohazalarini bayon etdilar. Zotan, haq-huquqlari Konstitutsiyaviy darajada ta’minlab berilgan yigit-qizlarning Vatanimiz manfaatlari yo‘lidagi faoliyatlari yanada bardavom, samarali, izchil va uzluksiz bo‘lishi o‘z-o‘zidan ayon.

  • Ko'rildi
    423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+