Jizzaxlik yoshlar ishtirokida Asosiy Qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tadbir tashkil etildi

27.05.2022, 15:42

Jizzaxlik yoshlar ishtirokida Asosiy Qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tadbir tashkil etildi

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasini muhokama qilish va takliflarni shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan tadbir tashkil qilindi.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, Jizzax Davlat Pedagogika instituti o‘qituvchilari - Kamoliddin Yusupov, To‘ychi Ahmedov, mahalliy Kengashlardagi  O`zLiDeP   deputatlik guruhlari a’zolari, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi xodimlari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda dastlab Asosiy Qomusimizni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtirish va Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasiga taqdim etish bo‘yicha O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi qoshida tuzilgan ishchi guruhi tarkibi tanishtirib o‘tildi.

- Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson xuquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda, - deydi O`zLiDeP   viloyat Kengashi raisining mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari To‘ychi Ahmedov. – Mamlakatimizdagi yetakchi kuch sifatida konstitutsiyaviy islohotlarda partiyamizning alohida o‘rni bor. Bugun yoshlar bilan bo‘layotgan tadbirda biz bu masalada navqiron avlod vakillarining ham fikrlariga quloq tutib, ularning asosli takliflarini umumlashtirish niyatidamiz.

Tadbir davomida kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari va yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar umumlashtirildi.

 O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+