Deputat Sherobod tuman xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

27.05.2022, 15:46

Deputat Sherobod tuman xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganyapti, mutasaddi rahbarlar orqali yechimini topishga harakat qilinmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov aholining turmush sharoitlarini o‘rganish, joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida Sherobod tumani xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida yechimini kutib qolgan muammolar, jumladan qo‘shimcha maktab va bog‘cha qurib berish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, davolanish uchun tibbiy yo‘llanma olish shu bilan birga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama etildi.

Deputat bilan muloqotda fuqarolar tomonidan 18 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shunda 3 ta murojaat shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi.

Qolgan ko‘tarilgan muammolar tegishli tashkilotlar orqali hal qilinishi belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    380
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+