Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida qoraqalpog‘istonlik talaba yoshlar ham faollik ko‘rsatmoqda

30.05.2022, 16:23

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida qoraqalpog‘istonlik talaba yoshlar ham faollik ko‘rsatmoqda

 Ma’lumki, joriy yilning 20 may kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etildi.

Bu borada esa Konstitutsiyaviy islohot jarayonini aholining keng  qatlamiga  targ‘ibot qilish,  bosh  qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, ayniqsa talaba  yoshlarning ham fikr va takliflarini shakllantirish maqsadida Ajiniyoz  nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, institutning professor-o‘qituvchilari,  talaba yoshlar va OAV vakillari  ishtirok etdi.

Uchrashuvni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Q.Qodirov ochdi va olib bordi.

Unda so‘z olganlar  Yangi O’zbekistonni barpo etish borasidagi galdagi dolzarb  vazifalar o‘z navbatida asosiy qomusimiz mazmun-mohiyatiga  yangicha yondashishni, ushbu muhim hujjatni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqishni taqazo etayotganligini ta’kidladilar.   

Tadbirda so‘zga chiqqan Qonunchilik palatasi deputatlari M.Ibragimov, B.Aldamuratov va boshqalar Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab berganligi, “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil ustuvor bo‘lganligi,  bugungi  ulkan  o‘zgarishlar   mamlakatimizdagi   o‘rta sinfning asosini  tashkil qiluvchi siyosiy kuch O’zLiDeP elektorati manfaatlariga ham  to‘la  mos  kelishligi,  partiyamizning  dasturida  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan  islohotlarning  bosh maqsadi  inson, uning  hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.   

 Deputatlar  tomonidan talaba yoshlarga konstitutsiyaviy islohotlarning  ahamiyati, Konstitutsiyaviy  komissiyaning asosiy vazifalarini tushuntirib o‘tar ekan, mazkur jarayonda talaba  yoshlarning ham fikr va takliflari muhim  ahamiyatga ega ekanligi aytib o‘tildi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+