Kashtachilikda ham brend yaratsa bo‘larkan

30.05.2022, 16:46

Kashtachilikda ham brend yaratsa bo‘larkan

Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash-islohiotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, o‘zini-o‘zi band qilish tizimini joriy etilishi jamiyatda o‘zining tadbirkorlik sub’ektiga rahbarlik qilib, 50 – 100 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlab, ularga o‘rnak bo‘layotgan tadbirkor xotin-qizlar safini yanada  kengayishiga xizmat qilmoqda.

Shu bilar birga mamlakatimiz  iqtisodiyoti,  kichik  biznes va  hususiy  sektorning  rivojlanishida tadbirkor,  fermer  xotin-qizlarning  faol  ishtirokini ta’minlash,  yurtimizda  amalga  oshirilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  islohotlarning  mohiyatini  ayollar  o‘rtasida keng targ‘ib  qilishga  qaratilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi ham tadbirkor xotin-qizlarning safini kengayishiga, ularni qo‘llab-quvvatlashga, xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, kuni kecha ko‘rik tanlovning Nurota tumani bosqichi o‘tkazildi.

Bunda  10 ga  yaqin  tadbirkor xotin-qizlar  viloyat  bosqichiga  yo‘llanmani  qo‘lga kiritish  uchun  bellashishdi. Ishtirokchilarning takdimotlarida o‘z  faoliyatlarida  uchratayotgan  muammolar,  g‘ov  va  to‘siqlarni  qay  tarzda  bartaraf  etganligi, ishbilarmonlarning  xuquqiy  savodxonligi,  qat’iyatligi,  ustamonligi, jamiyatdagi  o‘rni  va mavqeini  oshirishga  qaratilgan  mavzularda,  “Mustaqillikning  buyodkor  ayollari!”  mavzusida  o‘zining  shaxsiy  fikrlari  va  dunyoqarashi  bilan  chiroyli bayon  etishi,  “Zamonaviy  tadbirkor ayol ” imidji  yaratilishi,  notiqlik  qobiliyati  va  auditoriya  bilan  ishlash  mahorati  kabi sinovlarda toblandilar.

- Kashtachilikda o‘z brendimni yaratish orzusidaman, o‘zim tikkan kashtachilik mahsulotlariga o‘z muhrimni bosaman. Biz kashtachilar ko‘z nurimizni sarflab, eng nafis ranglarda yaratgan asarlarimizni xalqimiz va chet ellik sayyohlar qadrlashadi. Bugun biz tikkan mahsulotlar xaridorgir.  20 yildirki kashtachilik bilan shug‘ullanaman. 100 nafardan ortiq shogirdim bor. Shuni alohida ta’kidlashim joizki, biz hunarmandlar uchun so‘ngi besh yillikda berilgan imtiyoz va imkoniyatlar shu kungacha bo‘lgan emas. Biz uchun bebaho bo‘lgan ijod namunalarimizni arzimagan pulga sotardik, bugun esa tadbirkorlik uchun barcha yo‘llar ochiq. Shu imkoniyatlardan foydalanib men ham o‘z mahsulotlarimni o‘zim eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqchiman, - deydi tadbirkor, tanlov ishtirokchisi M.Xudoyqulova.

Uzoq bahs-munozaralardan keyin Xakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 1-o‘rin 100 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlagan Usmonova Bahoraga, 2-o‘rin Xudoyqulova Muniraga, 3-o‘rin Oripova Manzuraga berildi va ishtirokchilarga diplom, esdalik sovg‘alari topshirilidi.

Sh.Shokirova

O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    460
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+