Vatan himoyachilarining ijtimoiy himoyasi

30.05.2022, 16:48

Vatan himoyachilarining ijtimoiy himoyasi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi Mirzabod tumanidagi harbiy qismda “Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Hozirgi vaqtda butun jamiyatimizda, jumladan, Qurolli Kuchlarimiz tizimida ham “Inson qadri uchun” degan muhim tamoyil amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazini tashkil etmoqda.

Shu asosda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylarning Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, kundalik hayotidagi muammolarini hal etishga ko‘maklashish, ularning oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar yildan-yilga yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

“Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” O`zLiDePning maqsad va vazifalariga hamohang. “Yo‘l xaritasi”dagi “Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish” mavzusidagi 91-maqsadning amalga oshishida ham partiyaning o‘rni va salohiyati bor.

Harbiy sohada ishlashning mas’uliyati katta. Zero bu soha vakillarining zimmasida el-yurt tinchligi va saodati yo‘lida sobitqadamlik bilan xizmat qilish vazifasi turibdi. Shu ma’noda uning oilasi, ro‘zg‘ori tinch va butun bo‘lishi kerak.

Harbiy qismda bo‘lib o‘tgan tadbirda O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi Elyor Jo‘rayev, viloyat Kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Komiljon Burxonov va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Xusan Jabborov, shuningdek, vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Sunnat Isroilovlar hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olayotgan bugungi jadal o‘zgarishlar,  yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lib, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usi jo‘sh urayotgani haqida to‘lqinlanib gapirishdi.

Suhbat davomidagi savol-javoblar yig‘ilish ishtirokchilarini faollashtirdi.

   O`zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    750
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+