O’zgarishlarning tub mohiyati mustahkam huquqiy poydevorda

30.05.2022, 16:49

O’zgarishlarning tub mohiyati mustahkam huquqiy poydevorda

Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Mardayev, O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi hamda deputati A.Ro‘ziyev, viloyat Kengashi deputati D.Suvonova hamda institut o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Dastlab, Qonunchilik palatasi deputati B.Mardayev so‘zga chiqib, amaldagi Konstitutsiya mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati bo‘lib kelganini ta’kidladi. Buni e’tirof etgan holda Asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabidir. Zero, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan, jamiyatimizni tubdan o‘zgartirayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilab olingan zalvorli maqsadlar mujassam. Bu esa mustaqil yurtimizning buguni va ertasini hal qiluvchi jarayonlar davriga kirib kelganimizni yaqqol namoyon qilib turganligini aytib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi ulug‘vor g‘oya “Inson qadri uchun” - shiori yaqqol ifodalanishi lozim.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi hamda ular tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar yozib olindi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+