Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati - davr talabi

01.06.2022, 10:33

Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati - davr talabi

Vobkent tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida O'zLiDeP tuman Kengashi mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, BPT raislari, partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari, MFYlardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati - davr talabi” mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi.  

Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiya, uning vazifalari xususida batafsil so‘z yuritildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mahalliy Kengash deputatlari M.Naimova, Sh.Saidovalar hozirgi davrda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi, ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanayotganligini ta’kidladilar. Yangi O’zbekistonning rivojlanish  strategiyasida  belgilab berilgan  ustuvor  vazifalar, ularning  mazmun-mohiyati bo‘yicha  atroflicha ma’lumot berdilar, xususan, Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bu jarayonda partiya faol ayollarining  ham fikr-mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi, bo‘layotgan jarayonlarga befarq emasliklarini, ushbu muhim jarayonga bundan keyin ham faol ishtirok etishlarini ma’lum qildilar.

  • Ko'rildi
    363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+