Ayollar zo‘ravonligiga qarshi birga kurashamiz!

01.06.2022, 10:40

Ayollar zo‘ravonligiga qarshi birga kurashamiz!

Gender zo‘ravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegara bilmas muammolardan biri ekan barchaga ayon. Hatto, rivojlangan mamlakatlarda ham bu muammoga barham berish jiddiy choralar ko‘rishni talab qiladi.

Bugun yurtimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.

Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish bo‘yicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan bo‘lsa, shundan 2 tasi qonunlardir.

O’zLiDeP Piskent tuman Kengashi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati ham ayni maqsadda tashkil etildi.

Davra suhbatida mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarni oldini olish, unga qarshi kurashishda olib borilayotgan amaliy va samarali ishlar xususida so‘z yuritildi.

O’zLiDeP ham xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatayotganini ta’kidlashdi. Jumladan, partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” va faollari tuman hududidagi har bir mahallaga kirib borgani, u yerda “himoya orderi” berilgan xotin-qizlar bilan individual, tizimli ishlarni olib borayotgani qayd etildi.

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rganlarni reabilitatsiya qilish doirasidagi faoliyati davomida hayot yo‘lida turli to‘siqlarga uchragan xotin-qizlarga jamoatchilik yordamini ko‘rsatishda ko‘plab tashabbuslar ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlashdi.

Shuningdek, xotin-qizlarning gender tengligini ta’minlash, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar va uni qo‘llash uchun asoslar, himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish tartibi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderini berish to‘g‘risida ham batafsil huquqiy maslahat va ma’lumotlar berildi.

Og‘ir axvolga tushib qolgan ayollarga psixologik yordam berish, ularni reobilitatsiya markaziga jalb qilish, o‘z hayotini yo‘lga solishida amaliy ko‘mak berish borasida galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

 Tadbir so‘nggida tumanda faoliyat olib boruvchi barcha o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridagi xotin qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari, mutaxasislar partiya safiga qabul qilindi. Ularga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    724
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+