Davlat dasturi asosida qurilayotgan MTM faoliyati bilan tanishildi

01.06.2022, 10:42

Davlat dasturi asosida qurilayotgan MTM faoliyati bilan tanishildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganyapti, mutasaddi rahbarlar orqali yechimini topishga harakat qilinmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov navbatdagi uchrashuvi davomida joylarda davlat dasturi doirasida olib borilayotgan  qurilish ishlari bilan tanishib,  jamoatchilik nazorati olib borildi.

Boysun tumanidagi Pasurxi qishlog‘ida 120 o‘rinli davlat dasturi asosida  MTM  qurilishi jarayoni bilan tanishildi.

Xalq deputatlari Boysun tuman kengashi “Xalqparvar” komissiyasi ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda mazkur MTMda olib borilayotgan qurilish jarayoni va uning sifatli bajarilishi borasida jamoatchilik nazorati olib borildi.

Qurilish ishchi xodimlari bilan yaqindan muloqot qilinib,  ularning muammo va takliflari tinglandi.

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+