O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

22.09.2016, 18:45

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

2016 yil 16 sentabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish avvalida majlis ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirdilar.

Majlisda joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zLiDePning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu jarayonda O‘zLiDePning faol ishtirok etishi alohida ta’kidlandi. Ushbu masalalar mamlakatimiz qonunchiligi, xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun normalariga to‘la rioya qilingan holda amalga oshirilishi belgilab olindi.

Majlis ishtirokchilari mazkur saylovlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining nomzodi haqidagi masalani ham atroflicha muhokama qildilar.

Xususan, joylardagi saylovchilar va elektorat xohish-irodasidan kelib chiqib partiyaning navbatdagi VIII s’ezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Muhokamalar davomida ta’kidlanganidek, Sh.M.Mirziyoyev davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlaridagi ko‘p yillik tajribaga, aholi o‘rtasida katta hurmat-e’tiborga ega bo‘lib, o‘tgan yillar davomida mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning hayotga izchil tadbiq etilishida yuksak rahbarlik salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi.

Partiya Sh.M.Mirziyoyevni mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomiyligini va jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida yanada yuqori darajaga ko‘tarish salohiyatiga ega, mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatan ravnaqi, barqaror iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda mas’uliyatni to‘la zimmasiga olishga qodir bo‘lgan shaxs sifatida biladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 242-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshirilishini inobatga olib, majlis qatnashchilari tomonidan navbatdagi partiya s’ezdini 2016 yil 14 oktyabrda o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi, shuningdek, mamlakatimiz saylov qonunchiligida belgilangan muddatlarda Markaziy saylov komissiyasiga partiyaning saylovlardagi ishtiroki bilan bog‘liq hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilish, joylarda ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik borasidagi partiya viloyat, tuman va shahar kengashlari konferensiyalarini o‘tkazish va boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qildi.

Shu bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining majlisi o‘z ishini yakunladi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    2025
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ташимов Менлимурат 2018-05-15 17:21:03

Ушбу қарор мамлакатимизнининг янада ривож топишида, янги янги ғояларнинг, янги иш ўринларнинг пайдо бўлиши иқтисодиётимизнинг ривожланишида ҳиссаси зўр бўлади деб ишонамиз


Аптаров Аслиддин O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-05-09 13:27:18

“Фаол тадбиркорлик ва инновацион фаолиятни ривожлантириш учун шарт-шароитларни яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори мамлакатимизда янги техналогия ва ишланмаларнинг ривожланишини янги тараққиёт босқичига олиб чиқади.


О.Атақулов-Навбаҳор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-05-09 08:11:31

Инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологиялар қўллаб-қувватланиши авваламбор ёшлар учун катта имконият деб ўйлайман. Бундай қўллаб-қувватлашдан кейин албатта яхши натижалар бўлади.


Ш.Абдурасулов Арнасой тумани аппарат рахбари2018-05-08 19:08:47

Инновацион ғоялар тежамкорлик,янгилик,техника ва шу қаторда иқтисодимизга жуда катта маблағ демакдир.


Жиззах вилояти Туман Фермерлар Кенгаши БПТ раиси Эрназаров Акбар 2018-05-08 17:34:24

Инновацион ғоялар бу давлатимиз ривжланишига олиб келади.


Fikringizni qoldiring

+