Vobkentlik ishbilarmon ayollar aniqlandi

03.06.2022, 10:27

Vobkentlik ishbilarmon ayollar aniqlandi

Ayni paytda O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi tomonidan an’anaviy tarzda har yili tashkil etiladigan  “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda.

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar mohiyatini ayollar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida  ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda tanlov ishtirokchilari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga binoan faxrli 1-o‘rin tumandagi “Chinar  Mishroom" xususiy korxona rahbari Chinora  Yusupovaga berildi. 2-o‘rinni yakka tartibdagi tadbirkorlardan biri  Nigora Xolova egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin tadbirkor ayol Shaxnoza Aminovaga nasib etdi.

  • Ko'rildi
    542
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+