“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasida qatnashgan qoraqalpog‘istonlik faol yoshlarga sertifikatlar topshirildi

03.06.2022, 10:35

“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasida qatnashgan qoraqalpog‘istonlik faol yoshlarga sertifikatlar topshirildi

Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi  tomonidan  “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida  o‘quv-seminar  tashkil qilingan edi.

Loyihaning maqsadi esa yoshlarning tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga qiziqishini yanada kuchaytirish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish borasida mahallabay  tizimida  ishlash  va  jamiyatda   ishbilarmon,  tadbirkor  yoshlar hisobini oshirishdan  iborat. 

Ayniqsa “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini  takomillashtirish  va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni  qisqartirish  bo‘yicha  davlat siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlari  to‘g‘risida”gi  O’zbekiston   Respublikasi  Prezidentining  farmonlari  ijrosini  ta’minlashdan iborat. 

ZOOM  platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan o‘quv-seminarda tegishli soha vakillari bugungi  kunda  bitiruvchi  yoshlarimizga juda katta imkoniyatlar berilayotganligi  va bu imkoniyatlar kelajagimiz  yoshlarini tadbirkorlik va fermerlik sohasini rivojlantirish orqali mamlakatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shishi haqida gapirib,  yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlar xaqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

O’quv – seminarga   O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston   Respublikasi  tuman va shahar Kengashlaridagi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari,  tadbirkorlikka qiziquvchi talaba yoshlar ishtirok etdi.  

Loyiha doirasida o‘tkazilgan o‘quv-seminar davomida o‘z biznesini   boshlamoqchi bo‘lgan va tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlarning ham biznes rejalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida tashkil qilingan mazkur o‘quv-seminarda ham tashabbus ko‘rsatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Yoshlar qanoti”ning bir qator faol yoshlariga O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining  sertifikatlari va sohaga oid qo‘llanmalari topshirildi.    

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+